Telegram Mini App · GPS davomat

Xodimlar ish vaqtini Telegram ichida nazorat qiling

Alohida ilova o'rnatilmaydi. Xodim «Keldim» tugmasini bosadi — tizim uning filial hududida ekanini GPS orqali tekshiradi, ishlangan soatni o'zi hisoblaydi, ish haqi esa shu davomatdan chiqadi.

Karta kerak emas Ilova o'rnatilmaydi O'zbek va rus tilida
Tizimchi HR
Jonli namuna
Haqiqiy ilovaning nusxasi — istalgan bo'limni bosib ko'ring
Tanish holat

Ish vaqti qog'ozda qolsa, pul ham qog'ozda qoladi

Kichik va o'rta biznesda davomat hali ham jurnal va tarqoq Excel fayllarida yuritiladi. Natijasi har doim bir xil.

Qo'lda yozilgan jurnal

Kelish vaqti keyin yoziladi, o'rtoq uchun ham belgilanadi. Tekshirib bo'lmaydi.

Rahbar ko'rmaydi

Hozir kim ishda, kim yo'q — buni bilish uchun filialga qo'ng'iroq qilish kerak.

Filiallar tarqoq

Har filial o'z faylini yuritadi. Umumiy manzarani yig'ish uchun oy oxirida bir kun ketadi.

Ish haqi bahsi

Kim necha kun ishlagani aniq emas. Har oy oxirida o'sha eski bahs qaytadi.

Qanday ishlaydi

Ishga tushirish — bir choy ichim vaqt

Server sotib olish, dastur o'rnatish, xodimlarni o'qitish shart emas. Hamma narsa Telegram ichida.

1

Botni oching

Telegramda botni ochasiz, kompaniya nomini yozasiz — 7 kunlik demo shu zahoti ochiladi.

2

Filialni belgilang

«Joriy joylashuvimni ol» tugmasi bilan nuqtani qo'yasiz va radius tanlaysiz — masalan 100 metr.

3

Xodimni taklif qiling

Har bir xodimga shaxsiy havola ketadi. U bosadi — botga ulanadi va o'z kabinetini oladi.

4

Davomat boshlanadi

Xodim «Keldim» bosadi, siz jonli monitoringda ko'rasiz. Kunlik yakun kechqurun o'zi keladi.

Nega Tizimchi HR

Davomat to'g'ri hisoblansagina, qolgani ma'noga ega

Chiroyli ekran chizish oson. Qiyin joyi — soxta lokatsiyani ajratish, aloqa uzilganda ma'lumotni yo'qotmaslik va oy oxirida raqamning to'g'ri chiqishi.

GPS geofence — chegara haqiqiy chegara

Check-in faqat filial radiusi ichida qabul qilinadi. Android'ning soxta lokatsiya bayrog'i, aniqligi 500 metrdan yomon signal va koordinatasi buzuq so'rov rad etiladi. Har bir urinish — qabul qilingani ham, rad etilgani ham — koordinatasi bilan jurnalga tushadi.

Radius har filialga alohida sozlanadi

Aloqa yo'q bo'lsa ham davomat yoziladi

Sexda yoki yerto'lada internet tutmasa, urinish telefonda saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi. Server qurilma soatiga ishonmaydi: kelajakdagi vaqt, 12 soatdan eski yoki boshqa kunga tegishli yozuv qabul qilinmaydi.

Kechikib kelgan yozuv alohida belgilanadi

Ish haqi davomatdan chiqadi

Oylik, kunlik, soatlik va aralash — to'rt model. Kutilgan ish kunlari xodimning o'z jadvalidan olinadi, bayramlar chiqarib tashlanadi, ishlangan soat check-in va check-out orasidan hisoblanadi. Har bir summa qaysi kundan chiqqani ochiq ko'rinadi.

Yopilgan oy keyin o'zgarmaydi

Ma'lumotingiz sizniki

Har bir so'rov Telegram imzosi bilan tekshiriladi, har bir kompaniya ma'lumoti bazada alohida ajratilgan, ruxsatlar server tomonda majburlanadi. Kim nima o'zgartirgani jurnalga yoziladi — oy oxirida «kim tuzatdi?» degan savol javobsiz qolmaydi.

Admin faqat o'ziga berilgan filialni ko'radi

Bildirishnomalar sizning soatingiz bo'yicha

Ertalabki eslatma va kunlik yakun vaqtini o'zingiz belgilaysiz — kodda qotib qolgan emas. Xodim jadval boshlanishidan keyin ham kelmasa, sizga xabar keladi. Oyning birinchi kuni o'tgan oy hisoboti XLSX va PDF bo'lib Telegramga tushadi. Har kompaniya o'z vaqt zonasida ishlaydi, tug'ilgan kunlar ham esdan chiqmaydi.

Ish kunlari ham sozlanadi — dam olish kunida «kelmadi» yozilmaydi
Imkoniyatlar

14 ta modul — bittasi ham qo'shimcha to'lovsiz

Davomatdan boshlanadi, lekin faqat davomat bilan tugamaydi. Hamma modul bitta bazadan o'qiydi — raqamlar hech qayerda ikkiga bo'linmaydi.

Xodimlar va davomat

GPS davomat

Keldim va Ketdim bir tugmada. Geofence tekshiruvi, kechikish chegarasi, smenali jadval.

Jonli monitoring

Hozir kim ishda — sana, filial va status bo'yicha filtr, qidiruv, bir bosishda eksport.

Xodimlar

Kartoteka, lavozim va filial biriktirish, Telegram taklifi, bo'shatish.

Filiallar

Har bir nuqta o'z koordinatasi va radiusi bilan. Davomat filial kesimida guruhlanadi.

Ish jadvallari

Ish kunlari, boshlanish va tugash vaqti, kechikish chegarasi, tanaffus.

Adminlar

Xodimni admin qilib tayinlaysiz va qaysi filial, qaysi modulni ko'rishini belgilaysiz.

Ta'til so'rovlari

Xodim ariza yuboradi, siz tasdiqlaysiz — tasdiqlangan kunlar davomatga o'zi yoziladi.

Bayramlar

Kompaniya kalendari. Bayram kuni hech kim «kelmadi» bo'lmaydi, ogohlantirish ketmaydi.

Ish haqi

To'rt model, sozlanadigan ushlanma va jarima qoidalari, davrni qulflash.

Avans

Xodim ilovadan so'raydi, siz summani kamaytirib ham tasdiqlaysiz — o'sha oy ushlanadi.

Hisobot va tahlil

Hisobotlar

Davomat, kechikish, ishlangan soat, ish haqi, xodim va filial kesimi — XLSX va PDF.

Tabel

Buxgalter ko'nikkan shakl: xodimlar qatorda, oy kunlari ustunda, Я/О/Н/От belgilari.

Mahsuldorlik

Trendlar, o'rtacha kechikish, eng puxta xodimlar, filial reytingi, oylararo taqqoslash.

Kompaniya

Sozlamalar va brend

Kompaniya rangi, logotip, til, vaqt zonasi — rang butun ilovaga va hisobot sarlavhasiga tarqaladi.

Xodim uchun ham qulay — shuning uchun qarshilik bo'lmaydi

Nazorat tizimi faqat rahbarga foyda keltirsa, xodim undan qochadi. Shuning uchun ilovada xodim uchun ham sabab bor.

  • O'z davomati va ishlangan soatini o'zi ko'radi — oy oxirida bahs bo'lmaydi
  • Ish haqi qanday chiqqani — qaysi kun, qaysi soatdan — ochiq ko'rinadi
  • Ta'til va avansni telefondan so'raydi, javobini Telegramda oladi
  • Interfeys o'zbekcha yoki ruscha — har kim o'ziga qulayini tanlaydi
Tariflar

Xodim soniga qarab to'laysiz, modulga emas

Barcha tariflarda hamma modul ochiq. Farq faqat xodim, filial va admin sonida. Avval 7 kun bepul sinaysiz — karta so'ralmaydi.

Bilmadingizmi? 2 savolda aniqlaymiz

Nechta xodimingiz bor?
Nechta filial?

Kichik

199 0001 990 000 so'm
oyigayiliga
−17% · 398 000 so'm tejaladi
25xodim
2filial
3admin
  • GPS davomat va jonli monitoring
  • Hisobotlar, tabel, bildirishnomalar
  • Ish haqi va mahsuldorlik
Bepul sinash
Ommabop

O'rta

299 0002 690 000 so'm
oyigayiliga
−25% · 898 000 so'm tejaladi
50xodim
3filial
5admin
  • Kichikdagi hammasi
  • Ish haqi: 4 model, avans, davrni qulflash
  • Mahsuldorlik va reytinglar
Bepul sinash

Katta

499 0004 190 000 so'm
oyigayiliga
−30% · 1 798 000 so'm tejaladi
100xodim
5filial
10admin
  • O'rtadagi hammasi
  • Ko'p filialli tashkilot uchun kesimlar
  • Kengaytirilgan admin ruxsatlari
Bepul sinash

Cheksiz

999 0007 990 000 so'm
oyigayiliga
−33% · 3 998 000 so'm tejaladi
xodim
filial
admin
  • Kattadagi hammasi, limitsiz
  • White-label: o'z rangingiz va logotipingiz
  • Prioritetli qo'llab-quvvatlash
Bepul sinash

To'lov karta orqali yoki Payme va Click bilan. Muddat tugagach ma'lumotingiz darhol o'chmaydi — 3 kun imtiyozli davr beriladi.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Xodim telefoniga alohida ilova o'rnatish kerakmi?

Yo'q. Hammasi Telegram ichida ishlaydi. Xodim sizdan kelgan havolani bosadi — bot bilan ulanadi va shu zahoti «Keldim» tugmasini ko'radi. Yangi parol, yangi ilova, yangi o'qitish kerak emas.

Xodim uydan turib «Keldim» bosa oladimi?

Yo'q. Tugma bosilganda joylashuv o'qiladi va filial radiusidan tashqarida bo'lsa qabul qilinmaydi. Soxta lokatsiya dasturlari ham aniqlanadi. Radiusni har filialga o'zingiz belgilaysiz — masalan katta sex uchun kengroq, kichik do'kon uchun torroq.

Internet uzilib qolsa nima bo'ladi?

Urinish telefonda saqlanib turadi va aloqa tiklanishi bilan o'zi yuboriladi. Vaqt esa xodim bosgan payt bo'yicha yoziladi, yuborilgan payt bo'yicha emas. Shu bilan birga server juda eski yoki kelajakdagi yozuvni qabul qilmaydi.

Ish haqini o'zi hisoblaydimi?

Ha. Oylik, kunlik, soatlik va aralash modellardan birini tanlaysiz. Tizim xodimning jadvalidan kutilgan ish kunlarini oladi, bayramlarni chiqarib tashlaydi, ishlangan soatni davomatdan hisoblaydi. Kelmagan kun ushlanadimi, ta'til to'lanadimi, kechikishga jarima bormi — buni siz sozlaysiz.

Bir nechta filialim bor, hammasini bitta joydan ko'ra olamanmi?

Ha. Davomat filial bo'yicha guruhlanadi va har biriga alohida foiz chiqadi. Har filialga alohida admin tayinlab, unga faqat o'z filialini ko'rish huquqini berishingiz mumkin.

Demo tugagach ma'lumotlarim o'chib ketadimi?

Yo'q. Demo tugagach 3 kunlik imtiyozli davr boshlanadi, undan keyin ham ma'lumot saqlanib qoladi — faqat yangi yozuv qo'shish to'xtaydi. To'lov qilganingizdan keyin hammasi joyida turgan bo'ladi.

To'lovni qanday qilaman?

Karta orqali o'tkazib, chekni botga yuborasiz — biz tasdiqlaymiz va obuna darhol yoqiladi. Yoki Payme va Click orqali to'g'ridan-to'g'ri to'laysiz, u holda tasdiqlash ham avtomatik bo'ladi.

Ertaga ertalab birinchi «Keldim» tushsin

Botni oching, kompaniya nomini yozing — 7 kunlik demo shu zahoti ochiladi. Karta so'ralmaydi, shartnoma kutilmaydi.

@tizimchi_hr_bot ni ochish

Savolingiz bormi? Shu botning o'zidan yozing — javob beramiz.